Anchelotti kelajakda Italiya terma jamoasini boshqarmoqchi
20 apr 2015 22:47
Yangiliklar


Anchelotti kelajakda Italiya terma jamoasini boshqarmoqchi
"Real"ning italiyalik bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelajakda A Seriyaga qaytishi, shuningdek, Italiya terma jamoasini ham boshqarishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"O'ylaymanki, kelajakda terma jamoa variantini ko'rib chiqaman. Hozircha men har kuni futbolchilar bilan ishlashni va shug'ullanishni istayman. Bunday imkoniyat esa klublarda bo'ladi. Italiya terma jamoasiga keladigan bo'lsak, terma jamoa ayni paytda ishonchli qo'llarda.
A Seriyaga qaytish? Bu haqida ko'p o'yladim. Ayni paytda boshqa mamlakatda ham o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Hozircha qaytishga tayyor emasman. Bunday bo'lishiga hali ancha bor", - deydi murabbiy.
A Seriyaga qaytish? Bu haqida ko'p o'yladim. Ayni paytda boshqa mamlakatda ham o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Hozircha qaytishga tayyor emasman. Bunday bo'lishiga hali ancha bor", - deydi murabbiy.

Fikrlar