Anchelotti: "Hammasi aniq: Ronaldu chap, Beyl o'ng tarafdagi jarima zarbalarini tepadi"
07 mar 2015 10:43
Yangiliklar


Anchelotti: "Hammasi aniq: Ronaldu chap, Beyl o'ng tarafdagi jarima zarbalarini tepadi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletik"ka qarshi Ispaniya chempionati 6-tur uchrashuvidan oldin jarima zarbalarini kim tepishi haqida aniqlik kiritdi.
"Bu savolning javobi aniq: Krishtianu chap, Beyl o'ng tarafdagi jarima zarbalarini tepadi" - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Atletik" jamoalari o'rtasidagi bahsni bugun soat 21:55 dan boshlab Aleziya.com (TAS-IX) sayti orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar