Anchelotti: "Gvardiola - daho"
31 dek 2019 20:28
Yangiliklar


Anchelotti: "Gvardiola - daho"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Gvardiola - fantastik murabbiy, u bilan munosabatlarimiz yaxshi. Bir-birimizning jamoalarimiz kamdan-kam to'qnash kelsa-da, u bilan ko'p bora anjumanlarda ko'rishamiz. Bir-birimizni hurmat qilamiz. Umuman olganda u daho murabbiy. SHu boisdan u maydonda o'zgacha harakatlarni amalga oshiradi.
"Manchester Siti"ga qarshi fantastik o'yin bo'ladi. Raqiblar juda ham kuchli, biroq bizda ishonch etarlicha. Ajoyib jismoniy holatdamiz. Angliya va Evropaning eng kuchli jamoasiga qarshi bahslashishimiz bizga kuch beradi", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar