Anchelotti: "Evropaning eng ulkan jamoasida ishlayotganimdan mamnunman"
25 avg 2016 23:55
Yangiliklar
Anchelotti: "Evropaning eng ulkan jamoasida ishlayotganimdan mamnunman"
- "Bavariya"da ishlayotganimdan benihoyat xursandman. Bu erda menga juda katta hurmat ko'rsatishadi. Qo'l ostimda ajoyib jamoa yig'ilgan. Men hali nemis tilini to'liq o'rganganim yo'q. Nemis tilini o'rganish uchun haftasiga 3 soat shug'ullanyapman. Mashg'ulotlarni asosan nemis tilida o'tkazishga harakat qilyapman. Bazida ingliz hamda italyancha gapirib turibman. Bu erda hammasi juda zo'r. Mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Futbolchilar bilan erkin muloqot qilamiz, hazillashib turamiz. Bu ajoyib muhit shakllanishiga katta rol o'ynaydi. Men futbolchilarga latifalar aytib beryapman, ular bilan zerikish yo'q.
Havotirga o'rin yo'q, "Bavariya" futbolchilari qachon hazillashishni, qaerda esa jiddiy bo'lishni juda yaxshi bilishadi.
"Bavariya" quvnoq, ajoyib futbolchilarga ega ulkan klub.
Fikrlar