Anchelotti “Everton”ni boshqarishga rozi bo'ldi
17 dek 2019 01:37
Yangiliklar
Anchelotti “Everton”ni boshqarishga rozi bo'ldi
Italiyalik murabbiyi Karlo Anchelotti Liverpulning “Everton” klubi bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Sky Sports News agentligining Tvitterdagi sahifasi.
SHu tariqa yaqin vaqt ichida murabbiyi ingliz klubi bilan shartnomaga imzo chekadi. U “Everton”da yaqindagina istefoga chiqarilgan Mark Silva o'rnini egallaydi.
2018 yilning may oyida italiyalik murabbiy “Napoli” boshqaruviin qo'lga olgan, uning jamoasi bilan kelishuvi uch yilga mo'ljallangan edi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti ilgari ham APLda faoliyat yuritgan. 2009 yildan 2011 yilga qadar u “CHelsi”ni boshqargan va jamoa bilan chempionlikni qo'lga kiritgan.
“Everton” ayni paytda APL turnir jadvalida 17 turdan so'ng 18 ochko jamg'arib 16-pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar