Anchelotti "Everton"ga "Real" futbolchisini olib kelmoqchi
31 dek 2019 10:20
Yangiliklar
Anchelotti "Everton"ga "Real" futbolchisini olib kelmoqchi
Yarim himoyachi Xames Rodriges "Real"dan ketishi mumkin.
Xavbek mavsumning birinchi qismida bosh murabbiy Zinedin Zidan va "qirollik klubi" prezidenti Florentino Pereslarni o'z o'yini bilan xursand qila olmadi.
"Real" Xames uchun yaxshi takliflar bo'lsa, ko'rib chiqishga tayyor. Futbolchi uchun asosiy davogar klub "Everton" bo'lib turibdi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rodriges bilan "Real" va "Bavariya"da birga ishlagan.
"Everton" yarim himoyachi uchun 50 million evro taklif qilishga tayyor. Xabar berilishicha, "Everton" "Real" va agent Jorje Mendeshlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar