Anchelotti: "Bu "Real" uchun yaxshi natija emas"
27 apr 2022 09:51
Yangiliklar
Anchelotti: "Bu "Real" uchun yaxshi natija emas"
"Birinchi o'yin "Real" uchun yaxshi bo'lmagan natija bilan tugadi. Biz to'rtta gol o'tkazib yubordik. Yaxshi himoyalana olmadik.
Bu hisob qarama-qarshilik taqdirini hal qilishi mumkin. Raqib kuchli va ular buni bugun ko'rsata olishdi. Biz ularga raqobat namoyish eta olmadik. Yaxshi himoya final kaliti bo'ladi.
To'rtta himoyachi bilan poziciyani yopib bo'lmaydi. Yarim himoyachilar yordami ham kerak. Biz yakkakurashlarda yutqazdik va etiborliroq harakat qilishimiz kerak edi.
Benzemaning penaltisi haqida gapiradigan bo'lsak, bizda tepuvchini almashtirish fikri bo'lmadi. Biz Karimga ishonamiz. Barchasi joyida.
"Manchester Siti" juda yaxshi o'ynaydi. Salbiy holat - biz to'rtta gol o'tkazib yubordik. Ijobiy holat esa - biz uchta gol urdik", - dedi Anchelotti.
Fikrlar