Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarish uchun taklif oldi
09 fev 2023 16:51
Yangiliklar
Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarish uchun taklif oldi
Futbol bo'yicha mamlakatning bosh tashkiloti mavsum oxiriga qadar Madrid klubi ustozini kutib turishdan mamnun bo'ladi. Ungacha esa termani U-20 terma jamoa ustozi Ramon Menezes boshqarib turadi. Italiyalik mutaxassisning o'zi ham bunga qiziqib qolgani aytilmoqda.
Janubiy Amerika mamlakatining Anchelottini taqib qilayotganining asosiy sababi u "Real"da Rodrigo, Vinisius Junior, Eder Militao va Kazemiro (hozir "Manchester Yunayted"da) bilan ishlaganligida.
Futbol Konfederaciyasi prezidenti Ednaldo Rodriges yaqin orada "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, rasmiy taklifni bildirmoqchi.
63 yoshi Karlo Anchelotti 2021 yilning iyul oyida Madrid klubi boshqaruviga qaytgan edi. Uning ispan klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyida yakun topadi.
Fikrlar