Anchelotti Benzema maxsus grafik asosida "CHelsi"ga qarshi o'yinga tayyorlanayotganini aytdi Yangiliklar

Anchelotti Benzema maxsus grafik asosida "CHelsi"ga qarshi o'yinga tayyorlanayotganini aytdi

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Karim Benzemaning "CHelsi"ga qarshi o'yinga maxsus grafik orqali tayyorlanayotganini malum qildi.

"Masalan, Benzemaning "Real" o'yinlarida jismonan qanchalar kuchli ekanligini ko'ryapsizlar. U seshanba kungi uchrashuvga maxsus grafik asosida tayyorlamoqda. Uni asosiy tarkibda maydonga tushirishni niyat qilyapman. Fikrimcha, u ketma-ket uch o'yinni o'tkaza oladi", - dedi Anchelotti.

"Real" navbatdagi uchrashuvini 18 aprel kuni ECHL 1/4 finali doirasida "CHelsi"ga qarshi o'tkazadi. Dastlabki bahsda madridliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика