Anchelotti: "Beyl agenti kamroq gapirsa yaxshi ish qilgan bo'lar edi"
13 may 2015 13:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/171910_original.jpg)
![](/upload/storage/171910_220.jpg)
Anchelotti: "Beyl agenti kamroq gapirsa yaxshi ish qilgan bo'lar edi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Garet Beyl agenti Jonatan Barnett so'zlariga o'z fikrini bildirdi.
"Beylning agenti hech qachon "Real" mashg'ulotini va Beylning jamoadoshlari bilan munosabatini ko'rmagan. Ular Beylni, Beyl esa ularni yoqtiradi. Futbolchining agenti kamroq gapirsa yaxshi ish qilgan bo'lar edi. Beyl "Real"da baxtli va agentning nima demoqchi bo'lganiga tushunmadim" - deydi Anchelotti.
Oldinroq Barnett Beylga jamoadoshlari juda kam to'p oshirishadi degan edi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar