Anchelotti "Barsa"ga qarshi bahs haqida: "Real"da Superkubok uchun revansh olish istagi yo'q, ammo..."
02 mar 2023 00:50
Yangiliklar


Anchelotti "Barsa"ga qarshi bahs haqida: "Real"da Superkubok uchun revansh olish istagi yo'q, ammo..."
Jamoalar Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida to'qnash kelishadi.
- "Klassiko"ga tayyorgarlik qanday kechmoqda?
- Bunday o'yin bosimiga dosh berish uchun iroda kerak. Bunday o'yinlarda ishtirok etish juda yoqimli va hayajonli. Biz finalga yaqinmiz, qo'ldan kelgan barcha ishni bajaramiz.
- Superkubokda 1:3 hisobda mag'lubiyat bo'lgan.
- Hammasini tahlil qildik. O'shanda bazi xatolar bo'lgan, endi takrorlanmaydi. Bu hal qiluvchi bahs emas, ammo ustunlik bizda bo'lishini xohlaymiz.
- Bu "Negreyra ishi"dan keyingi birinchi "Klassiko".
- Avval aytganimdek, endi futbolda korrupciya yo'q. O'yinni kim boshqarishini bilmayman, ammo ertaga u bor kuchi bilan o'z ishini bajarishga harakat qiladi.
Superkubokdagi mag'lubiyat uchun revansh olish niyatimiz yo'q. Ammo ikki jamoa sovringa yaqin, harorat oshib boryapti. Faqat shu sababli" - deydi "Real" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar