Anchelotti - APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi
09 okt 2020 17:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/596740_original.jpg)
![](/upload/storage/596740_220.jpg)
Anchelotti - APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi
Premer-liga chempionatning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyini elon qildi.
Bu nomga "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti munosib ko'rildi. "Ko'klar" 3ta o'yinda 9 ochko jamg'arishdi ("Tottenxem" bilan 1:0, "Vest Xem" bilan 5:2 va "Kristal Pelas" bilan 2:1).
Mukofot uchun shuningdek quyidagilar ham davogarlik qilishgan edi: Yurgen Klopp («Liverpul», 3ta o'yinda 9 ochko), Brendan Rojers («Lester», 3ta o'yinda 9 ochko) va Din Smit («Aston Villa», 2ta o'yinda 6 ochko).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar