
"Olmaliq" futbol klubi rahbariyati, xodimlari, murabbiylar guruhi, futbolchilar va ko'p ming sonli muxlislari nomidan jamoa shifokori, o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasida mehnat qilgan Anatoliy Turikovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Marhumning oila a'zolariga Ollohdan sabr-toqat tilaydi.
O'tganlarning oxirati obod bo'lsin.
