So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Anasxon Rahmatov keyingi bosqichga yo'llanma olish, urgan goli va ota-onasidan minnatdorligi borasida Yangiliklar

Anasxon Rahmatov keyingi bosqichga yo'llanma olish, urgan goli va ota-onasidan minnatdorligi borasida

O'zbekiston futzal terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.

Misrga qarshi o'yin terma jamoamizning g'alaba to'pini Anasxon Rahmatov tomonidan kiritildi. O'yindan so'ng Rahmatov bilan suhbatlashdik.

- Biz uchun muhim o'yin edi. Juda ham qiyin o'yinni o'tkazdik. Ikkala jamoaning ham kuchli teng keldi. Kimdir ko'proq vaziyat yarata olsa va gol ura olsa, o'sha g'alaba qozona olardi. Yakunda esa biz o'sha imkoniyatdan foydalanib, g'alabani qo'lga kiritdik. Futzalimiz tarixini yaratishni istagandik. Mana shu istak bilan oxirigacha kurashib, maqsadimizga erishdik.

Misr ustidan qozonilgan g'alaba borasida

- G'alabaga bo'lgan katta ishtiyoq evaziga qo'lga kiritdik. Qolaversa, butun O'zbekiston qo'llab turdi. Oila azolarimizning bizga muxlislik qilib turganligini his qilgan holda maydong tushgan edik. Qanday bo'lmasin, g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishni istayotgandik.




Avvalgi o'yinlardagi mag'lubiyatlar xususida


- To'g'risi, Gvatemalaga yutqazib qo'yganimiz chakki bo'ldi. O'yin avvalida hayojon yuzaga keldi. Bu esa natijamizga tasir ko'rsatdi. O'zimiz istagan darajada o'yin namoyish qila olmadik. Qolaversa, raqibimiz juda omadli terma jamoa ekanligini ko'rsatdi. Yaratilgan kichik vaziyatlaridan unumli foydalandi. Rossiyaga yutqazib qo'yganimizga kelsam, raqib kuchli edi. SHunga qaramay, oldindan taslim bo'lganimiz yo'q. So'nggi daqiqalarga qadar kurashib, vaziyatni o'zgartirmoqchi bo'ldik. Baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Rossiya bizdan ustunligini namoyish qildi.

Gol urgan vaziyati to'g'risida


- Hisob teng bo'lib turgan vaziyatda bizni yana bir gol urishimiz muhim edi. G'alaba golini urish menga nasib qilgan ekan. To'g'risi, g'alaba to'pini kiritganimdan juda xursandman. Asosiysi, muxlislarimiz va xalqimiz oldida uyatli vaziyatga tushib qolganimiz yo'q. Ularning qo'llab-quvvatlashlarini oqlay oldik. Bu esa mening gol urganimdan ham ko'ra, muhimroq voqea bo'ldi.

SHu o'rinda birinchi bo'lib meni qo'llab turgan ota-onamga rahmat aytaman. Ular meni qiyin vaziyatda ham kayfiyatimni ko'tarib turishdi. Futzalni tanlab, shu darajaga chiqishimda Xurishd aka Tojiboevning hissasi katta bo'ldi. SHuningdek, Bahodir aka Ahmedova Nodir aka Eliboevlarga ham minnatdorchilik bildiraman. SHu insonlarning qo'llab-quvvatlashi bo'lmasa, maydonda hech narsa qila olmasdik.

Keyingi raqib xususida


- Keyingi raqibimiz kim bo'lishini istardim? Menga qolsa, Eron bilan o'ynasak yaxshi bo'lardi. CHunki biz bu terma jamoaga qarshi o'yinlarda doimo yomon natijaga erishganmiz. Jahon chempionatida o'zaro to'qnash kelib, o'zimiz uchun noxush bo'lib kelayotgan seriyaga nuqta qo'yishni istardim.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика