Ananaviy "Granatkin Kubogi" start oldi, Osiyodan to'rtta jamoa qatnashyapti
06 iyu 2019 16:53
Yangiliklar
Ananaviy "Granatkin Kubogi" start oldi, Osiyodan to'rtta jamoa qatnashyapti
4 iyun kuni boshlangan musobaqada jami 12ta jamoa qatnashyapti. Ular orasida Osiyodan to'rtta jamoa bor: Hindiston, Tojikiston, Qirg'iziston va Eron.
Ushbu musobaqa har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadi va bu yilgi turnirda 12ta jamoa qatnashyapti. Malumot uchun, Valentin Granatkin o'z vaqtida taniqli sobiq ittifoq futbolchisi bo'lgan, shuningdek 1955-1979 yillar oralig'ida FIFA birinchi vice-prezidenti lavozimida ishlagan.
Ushbu musobaqada 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etyapti. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham o'z vaqtida "Granatkin Kubogi"da uch marta qatnashgan: 2002, 2004 va 2010 yillarda. SHundan beri bizning futbolchilar bu musobaqaga borgani yo'q.
Quyida musobaqaning guruh o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz:
"A" guruhi - Bolgariya, Moldova, Rossiya, Hindiston
"B" guruhi - Greciya, Tojikiston, Turkiya, Qirg'iziston
"C" guruhi - Argentina, Armaniston, Rossiya-2, Eron
4 iyun
Bolgariya - Moldova 0:0
Rossiya - Hindiston 3:0
5 iyun
Greciya - Tojikiston 4:4
Argentina - Armaniston 2:0
Turkiya - Qirg'iziston 1:0
Rossiya-2 - Eron 2:1
6 iyun
Moldova - Hindiston 2:1
Rossiya - Bolgariya
7 iyun
Tojikiston - Qirg'iziston
Armaniston - Eron
Turkiya - Greciya
Rossiya-2 - Argentina
9 iyun
Hindiston - Bolgariya
Eron - Argentina
Moldova - Rossiya
Armaniston - Rossiya-2
10 iyun
Qirg'iziston - Greciya
Tojikiston - Turkiya
Fikrlar