Ana xolos. Xitoy terma jamoasi JCH-2022 uchun o'z tarkibini chet ellik o'yinchilar bilan kuchaytiradi
24 avg 2019 12:12
Yangiliklar


Ana xolos. Xitoy terma jamoasi JCH-2022 uchun o'z tarkibini chet ellik o'yinchilar bilan kuchaytiradi
"Guanjou Evergrand"ning braziliyalik forvardi Elkeson Xitoy terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi.
Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga qadar yana 8 o'yinchi Xitoy terma jamoasiga jalb qilinishi kutilmoqda.
SHuningdek, hozirda "Guanjou Evergrand"da o'ynayotgan britaniyalik himoyachi Tayas Brauning ham milliy terma jamoaga chaqirilishi ko'zda tutilgan.
Xitoy futbol federaciyasi prezidenti CHen Syuyuan jamoa Qatardagi musobaqagacha kuchaytirilishini, ammo kelajakda Xitoy chet ellik o'yinchilarga tayanib qolmasligini aytib o'tdi.
Xitoy futbolining jahon arenalaridagi eng katta yutug'i 2002 yildagi jahon chempionatida qatnashganidir. O'shanda xitoyliklar guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda mag'lub bo'lishgan.
Eslatib o'tamiz, Xitoy terma jamoasi ikki marta (1984, 2004) Osiyo vice-chempioniga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar