So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:0 (матнли трансляция)  40 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Ana xolos, pishdi gilos! OCHLdagi kvotalarimiz tushib ketdi Yangiliklar

Ana xolos, pishdi gilos! OCHLdagi kvotalarimiz tushib ketdi

Kecha OCHLda 1/8 bosqich o'yinlari yakuniga etdi. Unga ko'ra bizning mintaqadan har bir davlatdan bittadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oldi.

Bular: "Al Ahli" (BAA), "Naft" (Eron), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) va "Lahviya" (Qatar). 

1/8 finalda Qatarning ikki klubi o'zaro bahs yuritganligi va bizning bironta jamoamiz guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmaganligi sababli, OCHLdagi o'rnimizni Qatarga boy berdik.

Mintaqada to'rtinchi o'rinda bo'lgan O'zbekiston, "Lahviya"ni keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishi natijasida beshinchi o'ringa tushib ketdi. Bu esa 1+2 ko'rinishdagi yo'llanma degani. Bu haqdagi jadvalni Alisher Nikimbaev o'zining "faysbuk"dagi sahifasida elon qilgan.

2015 yilda qayd etilgan natijalar o'z navbatida 2017-2020 yillar uchun amal qiladi. Bu to'rt mavsum degani. SHunday bo'lsada, to'rtinchi o'ringa ko'tarilish uchun imkoniyatga egamiz. Buning uchun "Lahviya" 1/4 final bosqichda omadsiz ishtirok etishi va aksincha O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yil bo'lib o'tadigan barcha rasmiy o'yinlarda ijobiy natijaga erishib FIFA reytingida ko'proq ochkoga ega bo'lishi kerak. SHundagina oliy liga klublarimiz 2+2 ko'rinishdagi yo'llanmaga ega bo'ladilar. 

Eslatib o'tamiz, 2016 yil ham O'zbekiston oliy ligasi 3+1 ko'rinishda joyga ega. Ammo keyingi yilgi natijalar statistikaga o'zgartirish kirita olmaydi.


# Mamlakat Ochko OCHL O/P OFK O/P
1 Saudiya Arabistoni 85.196 3 1 - -
2 Eron 79.435 3 1 - -
3 BAA 69.852 2 2 - -
4 Qatar 56.580 2 2 - -
5 O'ZBEKISTON 54.174 1 2 - -
6 Quvayt 43.279 1 1 - -
...
13 Tojikiston 13.431 - - 1 1
15 Afg'oniston 9.057 - - 1 1
16 Turkmaniston 7.566 - - 1 1
17 Qirg'iziston 6.755 - - - 1/1

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика