Ana xolos! Pep qaysi jamoani boshqarayotganini bilmay qoldi
04 dek 2019 19:10
Yangiliklar


Ana xolos! Pep qaysi jamoani boshqarayotganini bilmay qoldi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola intervyu chog'ida jamoasini adashtirib yubordi.
Ispaniyalik mutaxassis yarim himoyachi Rodri bilan "Bavariya"da birga ishlayotgandek bo'ldi.
"U har doim qiyin holatlarda jamoaga yordamga kelgan. Rodri hali ko'nikib oladi. Menimcha u APL uchun ideal futbolchilardan biri.
O'ylaymanki, "Bavariya"... "Bavariya" (peshanasiga qo'li bilan urdi). "Manchester Siti" sotib oldi... "Bavariya" - .... (so'kindi)? Nimani o'ylaganimni bilmadim. "Manchester Siti" uzoq yillik futbolchilardan birini sotib oldi deb o'ylayman", - dedi Gvardiola.
Pep 2013-2016 yillar davomida "Bavariya"ni boshqargan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar