So’nggi yangiliklar

08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  0 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  1 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   0 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  10 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  4 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  17 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  2 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  5 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  2 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  11 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  3 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Ana xolos, "Buxoro" ketma-ket 6ta o'yinda yutqazdi Yangiliklar

Ana xolos, "Buxoro" ketma-ket 6ta o'yinda yutqazdi

Teglar :  Buxoro
Superliganing birinchi bosqichida haraqalay yaxshi ishtirok etgan "Buxoro" ikkinchi bosqichda umuman o'zini ko'rsata olmayapti.

Jamoa kecha safarda "Navbahor" mehmoni bo'lib yana mag'lubiyatga uchradi. Yana deyishimizning boisi, "Buxoro" birinchi bosqichda ham Namangandan mag'lubiyat bilan qaytgandi. Jamoa kecha 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

Kechagi mag'lubiyatdan so'ng "Buxoro"ning ketma-ket mag'lubiyatlari soni qatorasiga 6ta o'yinga etdi. Ha, shunday. "Buxoro" mana oltita o'yindirki faqat mag'lub bo'lmoqda.

Jamoa oxirgi marta 12 avgust kuni o'z maydonida "Metallurg" ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi. SHundan so'ng Ulug'bek Baqoev shogirdlari birinchi bosqichning oxirgi ikkita turida yutqazib qo'yishdi: safarda "Navbahor" va uyda "Lokomotiv" bilan kechgan bahslarda.

Keyin ikkinchi bosqich boshlandi va "Buxoro"ning g'alabasiz seriyasi davom etdi. "Bunyodkor"ga qarshi 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan "Buxoro" keyingi turlarda "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Navbahor"ga imkoniyatni boy berdi. Hozir "Buxoro"ning omadi shundaki, jamoa hamma o'yinlarni yutqazgan taqdirda ham 7-o'ringa tushib ketmaydi. Yo'qsa jamoa ancha harakatga tushib qolgan bo'lardi.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика