Ana xolos! "Andijon" va "Surxon" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin
14 fev 2023 16:49
Yangiliklar
Ana xolos! "Andijon" va "Surxon" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin
O'zbekistonda qishki transfer oynasi tugashiga 1 kun qoldi.
15 fevral kuni klublarimiz so'nggi o'tishlarni amalga oshirishadi va futbolchilarni PFLdan ro'yxatdan o'tkazishadi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Andijon" va "Surxon" klublarining PFL oldida katta qarzdorligi mavjud. Bu degani esa mazkur jamoalar yangi mavsum uchun o'z futbolchilarini PFLda ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin. Yani ularda bir kun muddat qoldi xolos.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda har ikkala klub ham Turkiyada xorijiy yig'inni o'tkazmoqda.
Fikrlar