So’nggi yangiliklar

16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 16:08Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" – "Ал Иттиҳод". Таркиблар аниқ!  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  2 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  7 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0

Amirbek Saidov: "O'zbekistonning nimalarga qodirligini ko'rsatdik" Yangiliklar

Amirbek Saidov: "O'zbekistonning nimalarga qodirligini ko'rsatdik"

Hujumchi Amirbek Saidov Jahon chempionatida 4 ta gol bilan O'zbekiston U-17 terma jamoasi to'purari bo'ldi.

Uning Angliya, Kanadaga urgan gollari g'alabalarda muhim rol o'ynadi. Kecha tantanali kutib olish marosimida Amirbek Saidov va uning otasi Alisher Niyazovga mikrafon tutdik. 

"Musobaqani katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdik. Nafaqat o'g'lim Amirbek, balki butun terma jamoamiz uchun xursandman. Terma jamoa murabbiylari, shifokorlari, rahbariyatga minnatdorchilik bildirib qolaman. Butun jamoa birlashib, munosib natija ko'rsata olishdi. Jahon chempionatida har bir futbolchi gol urishni, o'zini ko'rsatishni istaydi. Amirbekning gollarida barchaning mehnati bor. Bu – lotereya. Umuman, terma jamoadagi barcha o'yinchilar borlarini bergani ko'rinib turdi. 

Endilikda barchasi o'ziga bog'liq. O'z ustida ishlashdan to'xtamasa, katta jamoalarda ham o'ynaydi. Men bunga ishonaman", – dedi futbolchining otasi Alisher Niyazov.



"Jahon chempionati yuqori kayfiyatda o'tdi. Ko'rganingizdek, biz ko'prog'iga loyiq edik. Maqsadimiz chempionlik edi. Umuman, barchasi alo darajada o'tdi. Boshida biroz tempga kirishish qiyin bo'lganini hisobga olmasa, qolgan o'yinlarda O'zbekistonning nimalarga qodirligini ko'rsatdik. Maydonda Angliyami yoki Franciya, barcha raqibni mag'lub etishga tayyor edik. Maydonda ular bir xil raqibga aylanadi", – dedi Amirbek Saidov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика