Amerika kubogida bosh hakam futbolchining qo'lini siqishdan bosh tortdi
02 iyu 21:48
Yangiliklar
Amerika kubogida bosh hakam futbolchining qo'lini siqishdan bosh tortdi
Amerika kubogidan o'rin olgan AQSH - Urugvay uchrashuvidan so'ng bosh hakam Kevin Ortega mezbonlar futbolchisi Kristian Pulishichning qo'lini siqishdan bosh tortdi.
Final hushtagi yangragach, futbolchi hakamlar jamoasiga yaqinlashdi. Laynsmenlardan biri bilan ko'rishgach, Ortegaga qo'l uzatdi. Ammo perulik hakam qo'llarini orqasiga oldi. SHundan so'ng Pulishich unga nimadir dedi.
Eslatib o'tamiz, Urugvayga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan AQSH guruhda 3 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab, keyingi bosqichga chiqa olmadi.
Uchrashuv davomida futbolchilar bir necha bor hakamning qarorlaridan norozi bo'lib, emocional tarzda noroziliklarini bildirishgan.
Fikrlar