Amerika Kubogi tarixidagi eng g'aroyib voqea (video)

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2016, 11:03
Kecha Amerika Kubogi doirasida Kolumbiya - Paragvay uchrashuvida (2:1) juda kulgili va g'aroyib voqea sodir bo'ldi.

Hakam o'yin boshlanishidan oldin jamoa sardorlarini yoniga chorladi va uchrashuvni kim boshlashi uchun tanga tashladi. Bu paytda futbolchilar tanganing ikki tomonini tanlaydi. Braziliyalik Xeber Lopes tanga tashladi va juda qiziq holat yuz berdi. Erga tushgan tanga hech bir tarafi bilan yotmagan va maydonda tik turib qolgan edi. Bu paytda ikkala sardor ham kulib yubordi. Lopes o'zini yo'qotib qo'ymadi va tangani yana bir bor tashladi. Bu safar hammasi ko'ngildagidek bo'ldi.

TAS-IX

       


TAS-IX emas

Videoni Telegramdagi rasmiy kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia