Amerika investiciya fondi "Atalanta"ni sotib oladi
19 fev 2022 22:46
Yangiliklar
Amerika investiciya fondi "Atalanta"ni sotib oladi
Jurnalist Nikolo Skiraga ko'ra, tez orada "Atalanta" egasi o'zgaradi.
Insayderning so'zlariga ko'ra, klub akciyalarining 80 foizdan ortig'ini Amerikaning Kohlberg Kravis Roberts & Co (KKR) xususiy investiciya fondi sotib oladi.
Kelishuv 350 million evroga amalga oshishi kutilmoqda.
"Atalanta"ning hozirgi egalari – Perkassilar oilasi ozgina ulushni saqlab qoladi va o'tish davrida klubni boshqarishadi.
Eslatib o'tamiz, jamoa A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar