Amazon ispan futboli haqida serial suratga oladi
06 mar 2018 11:00
Yangiliklar


Amazon ispan futboli haqida serial suratga oladi
Amazon kompaniyasi LaLiga bilan hamkorlikda ispan futboli haqda hujjatli serial suratga oladi.
Uning nomi Six Dreams ("Olti orzu") bo'ladi va 2018 yilda teleekranlarga chiqadi.
Olti qismli loyihaning qahramonlari ispan futboli vakillari bo'ladi: "Betis" yarim himoyachisi Andres Guardado, "Atletik" futbolchisi Inyaki Uilyams, "Eybar" prezidenti Amayya Gorostisa, "Jirona" sport direktori Kike Karsel, "Sevilya" sobiq bosh murabbiyi Eduardo Bericco va "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges.
Eslatib o'tamiz, joriy yil boshida Netflix "Yuventus" haqida hujjatli serial suratga olgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar