Amalfitano "Vest Xem" bilan shartnomasini uzaytirdi
14 mar 2015 10:20
Yangiliklar

Amalfitano "Vest Xem" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Vest Xem" o'z yarim himoyachisi Morgan Amalfitano bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi.
O'tgan mavsumda "Vest Bromvich"da ijarada o'ynagan "Marsel" futbolchisi, yozda "Apton Park"ka ko'chib o'tgandi. Amalfitano o'shanda ingliz klubi bilan 1 yillik shartnoma tuzgandi.
29 yoshli francuz Sem Ellardays jamoasida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi va barcha musobaqalarda 22ta o'yinda 3ta gol urdi. SHu bois klub Amalfitanoga yangi shartnoma taklif qildi.
"Men xursandman. Ajoyib yilning ajoyib yangiligi bo'ldi. Bu erda yana ikki yil qolishimdan mamnunman. Murabbiylardan minnatdorman, lekin bundan ham yaxshiroq o'ynay olaman. Dastlabki 8 oyda bo'lgani kabi bor kuchim bilan o'ynashda davom etaman", - deydi Amalfitano West Ham TV ga.

Fikrlar