Amadu Diavara kecha Messi, Ibragimovich, Neymar qila olmagan ishni amalga oshirdi
18 okt 2017 13:42
Yangiliklar
Amadu Diavara kecha Messi, Ibragimovich, Neymar qila olmagan ishni amalga oshirdi
Kecha tunda CHempionlar Ligasi 3-tur doirasida "Man Siti" o'z maydonida "Napoli"ni qabul qildi.
Mehmonlarning uchrashuvdagi yagona golini yarim himoyachi Amadu Diavara penaltidan kiritdi.
Etiborlisi, "Man Siti"ning CHempionlar Ligasi bahslaridagi raqiblari bungacha ketma-ket 6 penaltidan gol ura olmagan edilar.
Nuqtadan adashganlar ro'yxatida nomdor futbolchilar borligi kishini yanada ajablantiradi:
• Messi
• Raffael
• Ibragimovich
• Neymar
• Falkao
• Mertens
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 1997 yilda tavallud topgan. Qoyil, Amadu Diavara!
Fikrlar