Alvaro Negredo: "Pellegrini - haqiqiy erkak"
28 jan 2014 16:32
Yangiliklar


Alvaro Negredo: "Pellegrini - haqiqiy erkak"
"Manchester Siti" hujumchisi Alvaro Negredoning takidlashicha, jamoa bosh murabbiyi Manuel Pellegrini hech qachon muammodan o'zini olib qochmaydi.
– Pellegrini hech qachon yuzma–yuz gaplashib olishdan qochmaydi, – deya uning so'zlaridan Daily Mail iqtibos keltirmoqda. – U – haqiqiy erkak. Muammoni chetlab o'tishga hech ham urinmaydi. Agar futbolchiga yoqimsizroq xabarni aytishi kerak bo'lsa, u kimdandir bu ishni qilishini mo'rab o'tirmay, o'zi borib aytadi. "Manchester Siti"da aynan Pellegrini murabbiy ekanligi mening bu klubga o'tishimga katta tasir o'tkazgan.

Fikrlar