So’nggi yangiliklar

18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  3 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1 12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  1

Alvaro Morataning "Yuventus"ga, turinlik "tiffozilar"ga yozgan maktubi Yangiliklar

Alvaro Morataning "Yuventus"ga, turinlik "tiffozilar"ga yozgan maktubi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata "Real"ga ketayotgani uchun "Yuventus" muxlislariga xayrlashuv xatini yo'lladi.


- Barchaga salom! Ishoning buni sizlarga yozish men uchun oson emas. Birinchi navbatda "Yuventus"da menga ishonch bildirganlarga, meni qo'llab-quvvatlaganlarga, menga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lib, "Yuventus"da o'zimni baxtli his qilishimga yordamlashgan insonlarga rahmat aytmoqchiman.

Klub prezidenti Andrea Anelli, Pavel Nedved, Jon Elkann, Juzeppe Marotta, Matteo Fabris, Fabio Paratichi, Xaver Ribaltu singari insonlarga katta rahmat deyman!

"Yuventus"da ishlaydigan hammadan minnatdorman! SHifokordan tortib oshpazicha, oddiy xodimidan tortib klub prezidentiga qadar rahmat!

Massimiliano Allegriga menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Allegri meni o'z kuchimga bo'lgan ishonchni oshirdi, meni futbolchi sifatida katta o'sishga erishishimda muhim rol o'ynadi. "Yuventus" futbolchilari, jamoa sardori men uchun qayg'urdi. Butun jamoadoshlarimga ming tashakkur. Ular bilan unutilmas daqiqalarni birga o'tkazdik. Katta yutuqlarga erishdik.

"Yuventus" ishqibozlari, bu jamoaning butun dunyodagi muxlislariga alohida rahmat! Ularning cheksiz muhabbatlarini doimo his etib turaman.

Men "Yuventus"ning bir bo'lagi sifatida qolaman. Klub tarixidan joy oldim, deb o'ylayman. Qaerga ketmay, qaysi klubda o'ynamay o'zimni "Yuventini"dek his etaveraman.

Men "Yuventus"da o'ynaganimni baland ovozda, bemalol katta faxr bilan aytishim mumkin.

"Yuventus" oilasining bir bo'lagi bo'lish baxtiga muyassar etgan hammaga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Barchaga katta rahmat!

Hurmat bilan Alvaro Morata!

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика