Alvaro Morata: "Buffon va Lorente menga yordam berishmoqda"
21 sen 2014 00:51
Yangiliklar


Alvaro Morata: "Buffon va Lorente menga yordam berishmoqda"
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata turinliklar safida ko'nikishga jamoadoshlari yordam berayotganini takidlab o'tdi.
Buffon bilan birinchi ko'rishganim unutilmas bo'lgandi. "Santyago Bernabeu"da "Yuventus"ga qarshi "Real" safida o'ynaganimda undan futbolkasini so'ragandim. U esa menga o'z futbolkasini bergandi. Endilikda biz bir jamoadamiz. Bu juda yoqimli. Turinga kelganimda Buffon birinchilardan bo'lib o'z maslahatlarini ayamagadi. Yoshligimda Fernando Lorente "Atletik" safida o'ynaganida men ularga to'plarni olib berib yurardim. Uning futbolkasi ham uyimda bor. Lorente menga ko'p yordam bermoqda. Lorente ajoyib futbolchi va inson. Meni mashg'ulotlarga Fernando olib keladi. Safarda o'ynaganimizda Lorente bilan bitta nomerda yotamiz. Umuman olganda, "Yuventus"da barchasi zo'r. Biz bir oilamiz.

Fikrlar