Allofs: "Volfsburg" De Breyne bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamayapti"
04 fev 2015 11:47
Yangiliklar


Allofs: "Volfsburg" De Breyne bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamayapti"
"Volfsburg" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Kevin De Breynega moliyaviy shartlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilish haqida o'ylayotgani yo'q.
Bu haqda klub sport direktori Klaus Allofs malum qildi.
"Men bu malumotni tasdiqlay olmayman. Biz futbolchilarning shartnomalariga doima etiborlimiz. Agar to'g'irlash kerak bo'lsa, faollik ko'rsatamiz. Klub De Breynega yangi shartnoma taklif qilish haqida o'ylamayapti" - deydi Allofs.

Fikrlar