Alli - Mourino davrida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani haqida: "Ayb o'zimda edi"
05 iyu 2021 22:16
Yangiliklar
Alli - Mourino davrida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani haqida: "Ayb o'zimda edi"
"Tottenxem" futbolchisi Dele Alli jamoani Joze Mourino boshqarib yurgan vaqtida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani haqida gapirdi.
"Faqatgina o'zimni ayblayman. SHunday darajada bo'lishim kerakki, meni tarkibga qo'ymaslik juda qiyin bo'lsin. Hech kimni ayblamayman, faqatgina o'zim aybdorman.
Mourino bilan ishlash men uchun ajoyib tajriba bo'ldi. Undan ko'p narsalarni o'rgandim", - dedi xavbek.
O'tgan mavsumda futbolchi APLning 15 o'yinida qatnashib, 1 assist qayd etdi.
Fikrlar