So’nggi yangiliklar

19:40Гарначо 50 млн евро эвазига бошқа клубга ўтиши мумкин  1 19:15"Атлетико" — "Осасуна". Гризманн ва Альварес асосий таркибда  2 19:10"Арсенал" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  8 19:05Ўзбекистон U-17 "Сурхон U-21"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 19:00"Ўзбек Лоран Блани": Франциялик шарҳловчи Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га трансфери ҳақида гапирди  9 18:30"Абдуқодир Ҳусанов камгап, аммо кучли футболчи" — "Ланс" устози  37 18:15"Венеция" — "Интер". Лаутаро ва Тареми асосий таркибда  2 18:15Абдуқодир Ҳусановнинг укаси "Ланс" академиясида!  7 18:01Уокер Ибрагимович билан музокаралар олиб борди  1 17:21"Барселона" Арауходан норози  2 16:56"Тамворт" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 16:50"Манчестер Сити" "Реал" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи  5 16:24Эртага Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўз юришини бошлайди  0 15:51"Наполи" Хвичанинг ўрнини Кьеза ёки Зиеш билан тўлдириши мумкин  0 15:22"Бунёдкор" икки ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  6

Allegrini ketkazish yoki Gvardiolani kutish. Tuxel yangi ish izlamoqda Yangiliklar

Allegrini ketkazish yoki Gvardiolani kutish. Tuxel yangi ish izlamoqda

Tomas Tuxelning "CHelsi"dan ketishi barcha uchun, jumladan nemisning o'zi uchun ham kutilmagan voqea bo'ldi.

Bozorda yaxshi natijalarga ega kuchli murabbiy bor va unga navbatlar yuzaga kelish ehtimoli katta. Erkin va o'z nomiga ega bo'lgan Maurisio Pochettinodan ko'ra (PSJdagi ishi), Tomas o'z shubhali ish tajribasi bilan reputaciyasini buzmagan.


"Yuventus"


Massimiliano Allegri ushbu mavsum A Seriyada "Yuventus" bilan hali mag'lubiyatga uchramadi, ammo oltita o'yindan faqatgina ikkitasini yutdi. SHu sabab turinliklar ligada o'zlari ko'nikmagan kamtargina sakkizinchi o'rinni egallab turishibdi. Ha, gegemonlik yillaridan hech narsa qolmadi — hozir boshqa vaqt. Ammo, klub bosslari Milan juftligi va butun boshli boshqa raqiblar guruhidan ortda qolishni xohlashmaydi. "Yuventus" esa kamida har qanday holatda ham chempionlik uchun kurashishi kerak. Allegri esa hozircha bunga qodir bo'lmasligi mumkin.


"Yuventus" bosslarining sabri esa uzoqqa etmasligi mumkin. Aynan, Tuxelning bo'sh ekanligi sabab. Tomas uchun ham bu qiziqarli variant bo'lardi. Katta resurslar, nom va boshqa chempionatda katta klub bilan ishlash... Tuxel "Borussiya" (Dortmund)da ham, PSJda ham, "CHelsi"da ham yomon taassurot qoldirmadi. Tuxel "Yuventus" uchun Allegri o'rniga ajoyib o'rinbosar bo'lardi. U o'yinni mudofaadan qurish, yulduzlar bilan ishlash, qiyin musobaqalar vazifalarni echishni biladi. Tuxel — taktik, A Seriyani esa eng "taktik" chempionat deyishadi. Nega urinib ko'rmaslik kerak?


"Real"


Madridliklarda barchasi ajoyibdek, Karlo Anchelotti esa Ispaniya poytaxtida hukmronlik qilmoqda. Ammo, yangilangan "Barselona"dan chaqiriq ancha keskin. Ha, Florentino Peresning Anchelottiga bo'lgan munosabati ham uzoq yillik emasdek. Yosh ham oldingidek emas. G'oyalar hilma-xilligi ham. Agar "Real"da Anchelotti bilan nimadir ko'ngildagidek ketmasa, madridliklar qiziqarli variantlarni hisobga olib, tezda undan qutulishlari mumkin.


Tuxel "Real"ga ishga bo'lgan yondashuvi sabab mos kelishi mumkin. U qaysidir manoda Anchelotti ishlarining davomchisi bo'lishi mumkin, Karlo "Real"da katta o'zgarishlar qilmaydi va avlodlar almashinuvini asta-sekin amalga oshirmoqda.



"Atletiko"


Tuxel aslida Madridga faqat "Real" uchun bormasligi ham mumkin. Diego Simeone tom manoda "Atletiko" bilan birga o'sganga o'xshaydi, ammo uning ketishi haqida bir necha mish-mishlar tarqaldi. Simeonega "Atletiko"da qattiq ishonishadi, ammo bu sehr ham asta sekin zaiflashmoqda.


Simeone tomonidan taklif qilingan va qo'llanilgan g'oyalar bazan ish bermayapti yoki umuman ishlamayapti. Bu mavsum madridliklarni "Real" va "Barselona"ga qarshi raqobat qilish uchun murabbiylar shtabini o'zgartirishga undashi mumkin. Sababi, endi "Atletiko"ni shunday ko'rinishda qabul qilishmaydi.


"Inter"


Qaysidir manoda "Inter"ning holati "Atletiko"nikiga o'xshaydi. Sovringa yaqinda erishildi, ammo baribir o'zgarish va yangilash talab qilinmoqda, jamoaning hozirgi holati katta muammolarni hal qilishiga ishonch yo'q. Malum bir qismlarda — ha, ammo biror bir titulni qo'lga kiritish tasodifdek qabul qilinadi va umuman olganda, bunga ishonch yo'q.


"Atletiko"da ham, "Inter"da ham Tuxel qurmoqchi bo'lgan o'yin belgilari bor. Inzagi Antonio Konte ketganidan so'ng yaxshi ishladi, ammo "Inter" keyingi qadamni tashlashi va yangi darajaga chiqishi kerak.


"Liverpul"


Yurgen Kloppning yangi shartnomasi "Liverpul"ni Tuxel uchun ehtimoli past bo'lgan variant qiladi. Ammo, bu kitob hikoyasi bo'lar edi. Sababi, Tuxel Dortmundda Kloppning o'rnini egallaganida barchasini yaxshi amalga oshirdi va zamonaviy yuqori sifatli o'yin ko'rsatadigan jamoa tuza oldi. "Liverpul"ning hozirgi tarkibini kadrlar o'zgarishisiz Tuxelning yondashuviga osongina moslashtirish mumkin. Bu erda ham Tuxel "CHelsi"da ishongan o'yinlarga o'xshash nomlar bor.


Bularning barchasi behuda gaplar, sababi hozir "Liverpul" va Kloppdan ko'ra kuchliroq bog'langan klub va murabbiyni topish qiyin. Yurgen "Enfild"ni yaqin orada tark etishi uchun aqlbovar qilmas nimadir sodir bo'lishi kerak. SHunday ekan, Tuxelning "Liverpul"da paydo bo'lishi g'oya darajasida qolmoqda. Ammo, bu bir kun kelib sodir bo'lishi mumkin.


"Manchester Siti"


Bir-biriga qattiq bog'langan murabbiy va klublar haqida gapirayotgan ekanmiz, "Manchester Siti" va Xosep Gvardiolani eslatib o'tmasdan ilojimiz yo'q. To'g'ri, bu erda barchasi Klopp "Liverpul"dagi vaziyatidek quvonchli emas. Bu natijalar sabab emas, balki xarakterlar va murabbiylarning o'ziga xosligi, "Siti" rahbarlari — "Liverpul" boshliqlaridan talablar bo'yicha umuman farqli. Ha, Gvardiolaning o'zi ham top loyiha uchun top-klubdan ketishni yaxshi ko'radi.


Uning "Manchester Siti"dan "bezish" ehtimoli oshib bormoqda. Agar ispan to'satdan charchaganini aytsa va ketsa, Tuxel bilan variant juda ajoyib bo'lardi. Biz bu ertaga bo'ladi deb aytmayapmiz. Tomas hattoki resurslarga ega ajoyib loyihaga ega bo'lish uchun bir yilga pauza ham olishi mumkin.



"Tottenxem"


Joze Mourinyu, Antonio Konte... "SHporlar" so'nggi paytlarda "CHelsi" sobiq murabbiylarini ishga yollashga o'rganishmoqda. Hozirda Kontening "Tottenxem"dagi ishlari yaxshi. Ammo, bu Antonio-ku! U bilan barchasi bir lahzada "portlashi" mumkin. Konte hatto fevral oyida "Byornli"dan uchralgan alamli mag'lubiyatdan so'ng ketish bilan ham tahdid qildi.


Tuxel uchun "Tottenxem" varianti qiziqarli bo'lishi mumkin. Bu Londonda qolish imkoniyati, o'zi ko'nikkan chempionat va "CHelsi" bosslariga qanchalik xato qilishganini ko'rsatish imkoniyati.


"Bavariya"


"Bavariya" uchun Bundesligada g'alaba qozonish oddiy narsa. CHempionlar Ligasidagi ishtirok — murabbiy ishini baholashning asosiy mezoni. "Bavariya" o'tgan mavsum chorak finalda "Vilyarreal"dan mag'lubiyatga uchradi — achinarli natija. Agar bu mavsumda ham "qoqilishlar" boshlansa, Yulian Nagelsmannga chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkin.


Tuxel esa Germaniyaga qaytish imkoniyatiga ega bo'ladi. "Bavariya" jozibador taklif berishni juda yaxshi uddalaydi. Ular Tomas qulay sharoitlarda, katta resurslar bilan yangi jamoa qurish imkoniyatini beradi.


Albatta, hozirda ushbu variantlarning katta qismi haqiqatga yaqin emasdek ko'rinadi. SHuni hisobga olish kerakki, Tuxel hali shoshmasligi mumkin. Doim bu ro'yxatga puli bor "Vest Xem" yoki "Nyukasl"ga o'xshagan klublarning qo'shilib qolish ehtimoli bor. Ammo, Tuxelning PSJ va "CHelsi"dan so'ng katta pul uchun o'rtamiyona klublarga borish ehtimoli past.





Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика