

Oldinroq, Allegri xizmatlariga PSJ, "Barselona", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqish bildirgani e'lon qilingan edi.
"Bu mavzu borasida turli mish-mishlar yuribdi, ammo Massimiliano Allegri kelasi mavsum "Yuventus" bosh murabbiyi bo'lib qoladi" - deydi Marotta.
Allegri 2014 yilda "Yuventus" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi. U jamoa bilan uch karra Italiya chempioniga aylandi, 3 marta Italiya Kubogini qo'lga kiritdi va 2 marta Chempionlar ligasi finalida ishtirok etdi.



