Allegri: "Yuventus" yanada kuchliroq o'ynay oladi"
17 sen 2014 23:07
Yangiliklar
Allegri: "Yuventus" yanada kuchliroq o'ynay oladi"
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoasi yanada yaxshiroq o'ynay olishini takidlab o'tdi.
CHempionlar ligasida hech narsa oson bo'lmaydi. Biz "Malmyo"ni jismonan kuchliroq ekanligini bilardik. Ular asosan himoyaviy o'yin uslubini tanlashdi. SHuning uchun ko'proq texinakaviy futbol o'ynashga qaror qildik. SHuningdek, to'pni tezlik bilan maydon markazidan jarima maydonchasi tomon olib borishga urindik. Lekin ko'p vaziyatlarda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda nisbatan yaxshiroq harakat qildik va g'alabani qo'lga kiritdik. "Yuventus" yanada yaxshiroq o'ynay oladi. Guruhimizdagi kurash qizg'in kechadi. Hech bir jamoaga oson bo'lmasligi aniq. "Atletiko" birinchi o'yinida yutqazib qo'ydi. Biz endi ko'proq ochko yig'ishimiz kerak. CHempionlari ligasi Italiya chempionati o'yinlaridan farq qiladi. "Liverpul" ham "Ludogorec"ni bir amallab yutdi.
Fikrlar