Allegri: "To'p bilan harakatlanayotgan Messini to'xtatib qolishning iloji yo'q"
01 iyu 2015 18:14
Yangiliklar


Allegri: "To'p bilan harakatlanayotgan Messini to'xtatib qolishning iloji yo'q"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"To'p bilan harakatlanayotgan Messini to'xtatib qolishning iloji yo'q. Unga qarshi o'yinda joyni to'g'ri tanlash kerak.
Finalda bizda ham imkoniyat bo'lishi aniq. Xotirjamlikni saqlab, o'yinga tayyorgarlik ko'rish kerak. Bu mavsum tarixga kiradi. Kamdan-kam holatlarda jamoa uchta sovrinni qo'lga kiritadi.
Ayni damda jamoamizdagi atmosfera juda yaxshi" - deydi Allegri.

Fikrlar