Allegri Ronalduning xatti-harakati haqida: "Noodatiy hech narsani ko'rmadim, diskvalifikaciya bo'lmaydi"
17 mar 2019 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/483902_original.jpg)
![](/upload/storage/483902_220.jpg)
Allegri Ronalduning xatti-harakati haqida: "Noodatiy hech narsani ko'rmadim, diskvalifikaciya bo'lmaydi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atletiko"ga qarshi bahsda Ronalduning golni nishonlashi haqida izoh berdi.
Portugaliyalik o'yin so'ngida "Atletiko" ustozi Diego Simeonega o'ziga hos gol nishonlash uslubi orqali javob qaytargandi. Avvalroq, shu ko'rinishdagi harakati uchun UEFA Simeonega 20 ming evro miqdorida jarima solgandi.
"O'ylashimcha, har bir futbolchi o'z maydonida, muxlislari orasida g'alabani shu tariqa nishonlaydi. Noodatiy hech nima ko'rmadim, bu shunchaki g'alabani nishonlash. Diskvalifikaciya bo'lmaydi", - deya Allegrining so'zlarini keltiradi Goal nashri.
Bir necha kun avval "Yuventus" Turinda "Atletiko"ga o'ziga xos master-klass o'tagandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar