Allegri: "Ronalduning goli futbol tarixida eng chiroylisi, deb o'ylamayman"
04 apr 2018 10:56
Yangiliklar
Allegri: "Ronalduning goli futbol tarixida eng chiroylisi, deb o'ylamayman"
Kecha ECHL chorak final dastlabki uchrashuvida Madridning "Real" klubi Turinda "Yuventus" jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvdan so'ng "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Real Madrid" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar darvozasiga ikkinchi golini qaychi uslubida urdi. Ko'pchilik futbol muxlislari va mutasaddilari ushbu golni futbol tarixidagi eng chiroylisi deya etirof etishmoqda. "Yuventus" bosh murabbiyi Allegrining fikricha tarixda bundan ham chiroyli gollar bo'lgan.
"Krishtianu Ronalduning goli futbol tarixidagi eng chiroylisi, deb ayta olmayman, lekin uning kecha Buffon darvozasiga urgan ikkinchi goli dahshatli gollar qatoriga kiradi. Hozirgi kunda amalga oshirayotgan ishlari bilan Ronalduni tabriklash mumkin", - deydi Allegri

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar