Allegri: "Pyanich? Bizda Remzi bor"
01 avg 2021 10:51
Yangiliklar
Allegri: "Pyanich? Bizda Remzi bor"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimilano Allegri "Barselona"da o'ynayotgan Miralem Pyanich hamda jamoa futbolchisi Aaron Remzi haqida fikr bildirdi.
"Bu borada (Pyanichning "Yuventus"ga qaytishi haqida) hech nimani bilmayman. Uning poziciyasida Remzi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va u tarkibimizda asosiy futbolchi bo'lishi mumkin. Pyanich bilan 4 yil birga ishladim va u bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqdik. Farq shundaki, ayni damda u boshqa jamoaning futbolchisi. Bizda esa uning o'rniga boshqa futbolchilar bor", - dedi murabbiy.
Allegri 2014-2019 yillar davomida Turin klubini boshqargandi.
Fikrlar