
"Pogba yosh va u o'sishda davom etishi uchun "Yuventus"da qolishi kerak. Bu yerda hamma sharoitlar bor. Oldinda uni uzqo faoliyat kutib turibdi va hozir "Yuventus" Yevropada hech kimdan kam emas. Kimnidir sotish uchun ehtiyojimiz yo'q. Hammasi futbolchining xohishiga bog'liq, ammo men Pogba bilan suhbatlashdim va u menga bu yerda hamma narsadan qoniqayotganini aytdi" - deydi Allegri.