So’nggi yangiliklar

07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0

Allegri o'rni hozircha xavfsiz, ammo "Yuventus" Zidan va Konte haqida o'ylamoqda Yangiliklar

Allegri o'rni hozircha xavfsiz, ammo "Yuventus" Zidan va Konte haqida o'ylamoqda

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hozircha o'rnida qoladi.

Turin klubi rahbariyati A Seriyadagi reshqadami "Napoli"ga yirik 1:5 hisobida mag'lub bo'lgani uchun jamoa ustozidan ranjiganga o'xshaydi. "Byankoneri" Diego Armando Maradona nomidagi o'yingohda so'nggi o'ttiz yillikdagi eng yomon mag'lubiyatlardan birini qabul qilib oldi. Bu esa o'sha o'yin mezbonlariga ushbu mavsumda kim chempion bo'lishi haqida xabar yo'llash imkonini berdi. Neapol klubi ayni paytda "Yuve"dan 10 ochko ko'proq jamg'argan holda chempionat turnir jadvalida hukmronligini davom ettirmoqda. Ular 30 yildan ortiq vaqtdan keyin ilk bor Skudetto tomon hammadan tez odimlamoqda.

Klub rahbarlari yirik mag'lubiyatda Allegrini bosh aybdor deb bilsa-da, uning ketma-ket 8 ta o'yinda shogirdlarini g'alaba tomon etaklaganini qadrlaydi va chempionatning bu bosqichida uni ishdan bo'shatish haqida o'ylamayapti.

Ayni pallada klubning kelajakdagi rejalari muhokama qilinmoqda va Allegrining 2025 yilgacha yillik 7,5 mln evro ishlab topishini belgilovchi bitimi uni himoya qiladigan narsa bo'lib turibdi.

SHunga qaramay, "Yuventus" hali ham Zinedin Zidan va Antonio Kontedan birini yozda tayinlash g'oyasini jiddiy o'ylab ko'rmoqda. Biroq asosiy muammo bu g'oya bilan bog'liq xarajatlardir. Allegrini ishdan bo'shatish va ikkita elita murabbiylardan birini olib kelish 60-90 mln evroga tushadi. Bu hozirda moliyaviy masalalar bo'yicha tergov qilinayotgan klub uchun katta mablag'.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика