Allegri: "Napoli" har qanday raqibni engishi mumkin"
21 dek 2014 00:13
Yangiliklar


Allegri: "Napoli" har qanday raqibni engishi mumkin"
Superkubok bu biz uchun mavsumdagi ikkinchi eng katta maqsadimiz. Birinchi maqsadimiz ECHLning keyingi bosqichiga yo'l olish edi va bu ishni uddaladik. Endi esa superkubokni qo'lga kiritishni asosiy vazifamiz. Keyinchalik esa biroz engil nafas olishga imkonimiz bo'ladi.
"Napoli" bu juda yaxshi, yuqori darajadagi jamoa sanaladi. Ular bilan bir o'yinlik bahsda o'ynash juda qiyin bo'ladi. Ularda uchrashuv taqdirini hal eta oladigan futbolchilar mavjud.
"Napoli" mavsumni bir tekisda o'tkaza olmayotgan bo'lsada, o'yinlari qovushgan payt har qanday raqibni dog'da qoldira oladigan jamoa.
Dushanba kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Italiya superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi. Unda Italiyaning amaldagi chempioni "Yuventus" hamda Italiya kubogi sohibi "Napoli" jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Fikrlar