Allegri "Napoli" bilan durangdan so'ng: "Bir ochko ishladik"

Aziz Tukhtamuradov
7 yanv 2022, 08:28
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu yuqori o'rinlar uchun bo'lgan o'zaro kurash edi. "Napoli"da asosiy tarkibning to'rt nafar futbolchisi yo'q edi. Bizda esa oldingi bahsda olti nafar futbolchi bo'lmagandi. Bo'lib turadigan holat. 

Hisobda oldinga chiqib olish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo noaniq va shoshilinch harakatlar qildik. Hisobni tenglashtira oldik, ammo yana shoshila boshladik. 

Hisobga optimistik ruxda qarashimiz kerak, biz bir ochko ishladik. Raqib darvozasi oldida xotirjam va aniqlik bilan o'ynashimizni istardim, ammo bu futbolchilarning malakasi bilan bog'liq. 

Biz turnir jadvalida beshinchi o'rindamiz, ammo bor-yo'g'i 28 ta gol urganmiz. Bu borada ishlashimiz lozimligini bilamiz", - dedi Allegri. 


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif