Allegri: "Kuadradoga o'yin bermadik"
06 dek 2014 09:00
Yangiliklar

Allegri: "Kuadradoga o'yin bermadik"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri nima uchun "Fiorentina" bilan o'yinda (0:0) 3-5-2 sxemasida o'ynaganini tushuntirib berdi.
"Men Kuadradoga o'yin bermaslik uchun shunday taktikani tanladim. Lixtshtayner o'ynay olmasligi bizga qo'shimcha muammo tug'dirdi", - deydi Allegri.
"Ikkinchi bo'limda o'zimizning taktikamizga qaytishni o'yladim, biroq Ogbonna va Kellinida sariq kartochka borligi uchun bunday qilmadim. "Fiorentina" bizga etarli qarshilik ko'rsatdi, jamoamda uchta ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Bu kabi uchrashuvlarda vaziyatlardan unumli foydalanish lozim", - deydi Allegri.

Fikrlar