Allegri hammaning oldida Dibalani urushib berdi
09 fev 2019 12:49
Yangiliklar


Allegri hammaning oldida Dibalani urushib berdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning argentinalik hujumchisi Paulo Dibalaning o'zini tutishidan norozi.
Malumotlarga ko'ra, Dibala "Parma"ga qarshi A Seriyaning 22-tur o'yini paytida zaxira o'rindig'ini tark etib, kiyinish xonasiga yo'l olgani murabbiyni g'azablantirgan. Keyingi mashg'ulotda Allegri futbolchilar oldida kechirim so'ragan forvardni urushib berdi. SHunga qaramasdan murabbiy va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emas.
Vaziyatni "Manchester Yunayted" va "CHelsi" diqqat bilan kuzatmoqda.
Joriy mavsum 25 yoshli Dibala A Seriyaning 19ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar