Allegri: "Genuadagi maydonda futbol o'ynab bo'lmaydi"
30 okt 2014 11:09
Yangiliklar


Allegri: "Genuadagi maydonda futbol o'ynab bo'lmaydi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining so'zlariga ko'ra, kecha "Jenoa"ga qarshi bo'lib o'tgan Italiya chempionatining to'qqizinchi tur uchrashuvi maydon sifatidan norozi bo'ldi.
"Maydonning sifati yomon. Unda futbol o'ynab bo'lmaydi. Ammo biz so'nggi 20 soniyada mag'lub bo'ldik. Oldin ham aytganman, skudettoni bazida durang o'ynab ham yutsa bo'ladi. G'alaba uchun hamma narsa qildik, ammo oxirida yutqazdik. CHempionlik uchun 108 ochko kerak emas. Ikkinchi o'rindagi jamoadan bir ochko ko'p yig'ishning o'zi etarli.
Agar to'p darvoza to'siniga tegaversa, darvozabon ajoyib seyvlar qilishdan charchamasa va o'yin tugashiga 30 soniya qolsa, yaxshisi durangni saqlab qolish kerak. "Jenoa"ning ikki futbolchisi olti nafar o'yinchimizdan ustun kelgani alamli. Bu mag'lubiyat jamoa foydasiga ishlaydi deb umid qilaman" - deydi murabbiy.

Fikrlar