Allegri: "Endi "Yuventus" CHempionlar ligasida g'alaba qozonishga urinib ko'radi"
21 may 2015 12:43
Yangiliklar


Allegri: "Endi "Yuventus" CHempionlar ligasida g'alaba qozonishga urinib ko'radi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Kubogi finalida "Lacio" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, 6 iyun kuni "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi final o'yinida g'alabaga umid qilayotgani haqida takidladi.
"Lacio" finalga munosib yaxshi o'yin ko'rsatdi va bu o'yin A Seriyadagi uchrashuvlarga o'xshamasligini bilgan edik. Ikkala jamoa yaxshi harakat qildi, shunchaki rimliklarning omadi kelmadi. Ular ketma-ket ikki marta darvoza "romi"ni nishonga oldi. Skudetto va Italiya Kubogini qo'lga kiritish yigitlarga oson bo'lgani yo'q. Endi uchinchi sovrin uchun harakat qilamiz. Mavsum davomida uch turnirda ishtirok etish qiyin. Biz "Barselona"ni mag'lub etib orzuimizni ro'yobga chiqarishga urinib ko'ramiz" - deydi Allegri.

Fikrlar