Allegri: "Barcha diqqat etiborimiz "Fiorentina" bilan bo'ladigan bahsga qaratilgan"
04 dek 2014 23:09
Yangiliklar


Allegri: "Barcha diqqat etiborimiz "Fiorentina" bilan bo'ladigan bahsga qaratilgan"
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Fiorentina"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz ketma-ket ikki o'yindan buyon g'alaba qozonayotgan va "Yuventus"ning azaliy raqiblaridan biri sanalmish "Fiorentina" bilan to'qnash kelamiz. Bu uchrashuvga katta tayyorgarlik ko'rdik va futbolchilarim ushbu bahsga jiddiy yondoshishmoqda. Florenciyada o'ynash har doim qiyinchilik tug'dirgan. "Fiorentina" ancha kuchli va har qanday raqibga katta bosh og'rig'i bo'la oladigan jamoa. "Atletiko" bilan bo'ladigan bahs haqida o'ylashga vaqt yo'q. Barcha diqqat etibor "Fiorentina" qarshi o'yinga qaratilgan.

Fikrlar