Allegri A Seriyada "Yuventus" boshqaruvidagi yubiley o'yinida qatnashdi
28 okt 2021 21:07
Yangiliklar
Allegri A Seriyada "Yuventus" boshqaruvidagi yubiley o'yinida qatnashdi
"Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri Turin jamoasi rulida A Seriya doirasidagi 200 o'yinlik marrani zabt etdi.
"Sassuolo"ga qarshi o'yin (1:2) 54 yoshli mutaxassisning yubiley uchrashuvi bo'ldi.
"Keksa sinora" Allegri qo'l ostidagi 200 o'yinda 146 ta g'alaba, 31 durang va 23 mag'lubiyat qayd etdi.
Italiya chempionatida faqat ikkita murabbiy – Jovanni Trapattoni (402) va Marchello Lippi (258) "Yuventus" boshqaruvida undan ko'proq o'yin o'tkazgan.
Fikrlar