Alkaserning so'nggi 10ta aniq zarbasi gol bilan yakunlandi
16 okt 2018 18:45
Yangiliklar
Alkaserning so'nggi 10ta aniq zarbasi gol bilan yakunlandi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Pako Alkaser Ispaniya terma jamoasi safida Angliyaga qarshi kechgan millatlar ligasi o'yinida gol urdi.
Alkaserning darvoza tomon bergan so'nggi 10ta aniq zarbasi gol bilan yakunlandi. U klub va terma jamoa safida o'tkazgan so'nggi 6ta o'yinida 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
25 yoshli hujumchining transfer huquqi "Barselona"ga tegishli.
Fikrlar